Rossiyalik virusolog koronavirus bilan qayta kasallanish muddatini baholadi

Koronavirusga qarshi immunitet olti oy saqlanib qoladi. «RBK»ning xabar berishicha, bunday fikrni «Vektor» markazi laboratoriyasining sobiq rahbari Aleksandr Chepurnov bildirdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Qayd etilishicha, u kasallikdan tuzalib chiqqanlarni kuzatish asosida shunday xulosaga kelgan. Chepurnovning so‘zlariga ko‘ra, antitanalar soni uch-to‘rt oy davomida to‘liq yo‘qolgunga qadar kamayadi va beshinchi yoki oltinchi oyga kelib hujayraviy immunitet koronavirus antigeniga javob berishni to‘xtatadi.

«Shuning uchun men postkovid immunitetni olti oyga baholayman. Hozir aynan shunday bemorni kuzatmoqdamiz. Bir oy avvalgi immunogrammada bemor birinchi holatdan olti oy o‘tgach qayta koronavirusga chalingan. Shu sababli aprel va may oylarida kasal bo‘lganlar, olti oy o‘tgach yana yuqtirish xavfi ostida qoladi», — deya ogohlantirgan Chepurnov.

Birinchi marotaba koronavirus bilan qayta kasallanish holati 24 avgustda ma’lum bo‘lgandi. Gonkong universiteti tadqiqotchilari 33 yoshli erkak birinchi kasallanishdan deyarli besh oy o‘tgach yana koronavirusga chalingan. Keyinchalik amerikalik shifokorlar ham koronavirus bilan qayta kasallanish holati haqida xabar berdi. U AQSHning Nevada shtati, Rino shahrida yashovchi 25 yoshli shaxs bo‘lib, mamlakatda koronavirusga qayta chalingan birinchi bemor bo‘ldi.

18 aprelda ismi oshkor etilmagan ushbu fuqaroda birinchi marta koronavirus qayd etilgan. 27 aprelga kelib unda virus simptomlari yo‘qolgan. Koronavirusni aniqlash uchun ikki marta — 9 va 25 may kunlari o‘tkazilgan test natijalari unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Lekin 28 may kuni u yana COVID-19’ga chalingan va bu safar kasallik og‘irroq kechgan. Virus genomini sekvenirlash ikkinchi kasallanish birinchisidan farq qilishini ko‘rsatgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring