Rossiyalik 77 yoshli buvi TikTokni "portlatib" yubordi (video)

Buvining hazilomuz nasihatlari ko‘pchillikka ma’qul kelgan shekilli - qisqa vaqt ichida uning akkauntiga deyarli 500 ming kishi a’zo bo‘ldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Rossiyaning Eysk shahrida yashovchi 77 yoshli Ekaterina Gorbuneva qisqa vaqt ichida Internet yulduziga aylandi.

"Superbusya" nik ostida TikTokda paydo bo‘lgan buvi o‘z videolavhalarida yoshlarga tamaki chekmaslik alkogol ichmaslik va boshqa nasihatlarni she’rlar tarzda aytib boradi. 

Реклама на Unews

Eng qizig‘i, buvining bunday hazilomuz nasihatlari ko‘pchillikka ma’qul kelgan va qisqa vaqt ichida uning podpischiklari soni 500 mingga yaqinlashgan. 

Videolavhalarni suratga olishda va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishda Gorbunevaga uning nabirasi Alina yordam beradi. 

"Superbusya"ning navbatdagi maqsadi - Azov dengizida TikTok House ochish. 

Batafsil videolavhamizda tomosha qiling. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring