Rossiyaga uchgan samolyot Namangan aeroportiga majburiy qaytmoqda

Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, 2022 yil 24 fevral kuni Namangan – Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY- 9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.

«Bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to‘liq qiymatini qaytarib olish huquqiga egadirlar», deyiladi xabarda.

«Uzbekistan Airways» AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilishini bildirgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring