Rossiyaga kirishga taqiq nima uchun qo`yiladi?

Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi xabariga ko`ra, chet el fuqarolarining mamlakatda vaqtincha bo`lish tartibini buzishi va noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug`ullanishi ularning mamlakat hududiga kirishi uchun taqiq qo`yilishiga sabab bo`ladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2019 yilda 250 mingdan ortiq, 2020 yilda esa 189 ming xorijiy fuqarolarning Rossiyaga kirishi taqiqlangan. Bunday taqiqqa uchraganlar Rossiya Federasiyasi hududiga vizasiz kirishi mumkin bo`lgan davlatlar fuqarolari hisoblanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring