Rossiyaga kimlar kira olmasligi ma’lum

Rossiya Federasiyasi IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chet el fuqarolarining Rossiya hududiga kirishini taqiqlashning asosiy sabablari etib, mamlakat hududida noqonuniy bo‘lish shartlari buzilishi va noqonuniy mehnat faoliyati ko‘rsatilgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Chet el fuqarolarining Rossiya Federasiyasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishning asosiy sabablari vaqtincha bo‘lish shartlarini buzish, shuningdek, mamlakatimizda noqonuniy ish faoliyatini olib borishdir», deb yozadi TASS.

Ta’kidlanishicha, ularga nisbatan bunday qaror qabul qilingan chet elliklarning aksariyati Rossiyaga vizasiz kiradigan yaqin xorij fuqarolari. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Rossiyaga 189 ming chet ellikka nisbatan ushbu chora ko‘rilgan bo‘lsa, 2019 yilda esa 250 mingdan ortiq odam kirishi taqiqlangan.

Реклама на Unews

Avvalroq, 23 yanvar kuni Rossiyada mehnat patentlari bilan ishlaydigan chet el fuqarolari 2020 yil 11 oy davomida mintaqaviy byudjetlarga 43,5 milliard rubl miqdorida pul o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring