Rossiyadan O`zbekistonga maxsus poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi

Rossiya Federasiyasidan O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tomonidan "Voljskiy-Toshkent" yo`nalishida 4 ta maxsus reys rejalashtirilmoqda. Bu haqda jamiyatga tayanib Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

 Qayd etilishicha, poezdlar 22, 25, 29 oktyabr hamda 1 noyabr kunlari soat 20:57 da "Voljskiy-Toshkent" yo`nalishida harakatini amalga oshiradi.

 Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, ya`ni Voljskiy-Toshkent yo`nalishiga chiptalar sotiladi.

Реклама на Unews

"Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O`zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo`natishlari ham mumkin",-deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring