Rossiyadan O`zbekistonga kelayotgan yuk mashinasida salkam 2 mingta jinoiy ish hujjati topildi

Ularni ikki nafarOrenburg viloyatidagi “Sagarchin” chegara postida traktor tirkamasiga joylashtirilgan jinoiy ishlarning siqilgan hajmlari topildi. Bu haqda “Zamon.uz” yozmoqda.

 

Tergov-surishtiruv davomida ma`lum bo`lishicha, jinoiy ish materiallari Boshqirdiston polisiyasi tomonidan qog`oz chiqindilariga topshirilgan. Tergovchilar siqilgan qog`ozni qayta ishlash uchun O`zbekistonga makulaturani yig`uvchi “Ekologiya RB” kompaniyasi jo`natganini aniqladi.

“Tirkamada 1956 ta jinoiy ish bo`lib, ularning uchdan bir qismi yo`q qilingan deb topildi, qolganlari arxivga topshirildi. Ularning barchasi da`vo muddati o`tganligi sababli tugatilgan. Ishlarni ikki nafar polisiya xodimi makulaturaga topshirgan va buning uchun ular 7 ming rubldan ko`proq pul olgan", — deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring