Rossiyadan 300 nafarga yaqin talaba Oʻzbekistonga olib kelindi

Barcha kelganlar sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq maxsus ajratilgan muassasalarda ikki haftalik karantinga joylashtirildi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

 Kuni kecha Uzbekistan Airways maxsus reysi bilan Qozondan 300 nafar talaba Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda RIA Novosti'ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtabda maʼlum qilindi.

 

Реклама на Unews

Talabalar Samarqand va Toshkentga olib kelindi. Ular 14 kunlik karantin oʻtkazishi uchun alohida tashkil qilingan muassasalarga joylashtirildi.

Bundan avval Sibir federal okrug oliygohlarida tahsil olayotgan 100 nafar talab olib kelindi.

Talabalarni olib kelish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda: 22 iyul kuni Novosibirskdan 200 nafarga yaqin talaba maxsus reys bilan Toshkentga olib kelindi. Oʻzbekiston hukumati avgustning birinchi oʻn kunligida Rossiyaning olti shaharidan – Moskva, Sank-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon va Rostov-Dondan talabalarni vatanga qaytarish reystalarini tashkil qilishga vaʼda bergandi. Shuningdek, Kiyev va Qohiradan fuqarolarni olib kelish rejalashtirilgan.

Реклама на Unews

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring