Rossiyadagi migrantlar qachon "COVID-19"ga qarshi emlanadi?

Rossiyada yashovchi chet elliklar koronavirusga qarshi emlashni hozircha rejalashtirmayapti. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Surunkali kasalliklarga chalingan va keksa yoshdagi odamlar birinchi navbatda emlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik sanoat korxonalari ishchilari, bir qator kasb vakillari ham birinchilardan bo‘lib emlanadi.

"Har holda emlashda ustuvorlik bo‘lishi kerak. Biz uni davlatda aniqlab oldik va unga amal qilmoqdamiz. Barchani, Rossiya Federasiyasi fuqarolari bo‘lmaganlarni emlash imkoniyati paydo bo‘lishi bilanoq, bu amalga oshiriladi”, - dedi Popova.

Реклама на Unews

Rossiya hududlarida koronavirusga qarshi ommaviy emlash 18 yanvarda boshlandi. Fuqarolar mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan ikkita vaksinadan birini - "Sputnik V " yoki "EpiVakKorona" tanlashlari mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring