Rossiyadagi 2 ta shahar suv ostida qolishi mumkinligi aytildi

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining Rossiyadagi iqlim va energiya dasturi direktori Aleksey Kokorinning so‘zlariga ko‘ra, global isish tufayli Jahon okeanidagi suv sathining o‘zgarishi XXII asrda jiddiy muammoga aylanadi.

«Eng yomon taxminlarga ko‘ra, suv ko‘tarilishi uch-besh metrni tashkil qilishi mumkin. Shunda bu ko‘pchilik uchun muammoga aylanadi, jumladan, Sankt-Peterburg va Arxangelsk uchun ham. Shunda biz tarixiy merosni qanday saqlab qolamiz, degan savol tug‘iladi», — degan Aleksey Kokorin.

Rossiya Fanlar akademiyasining Pushchino biologik tadqiqotlar ilmiy markazi tabiiy ofatlar bo‘yicha mutaxassisi Aleksey Karnauxov bunday salbiy ssenariyni bartaraf etish uchun Yerdagi chiqindilar miqdorini kamaytirish zarurligini ta’kidlagan.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, hozirda Sankt-Peterburgda uch metrli toshqinlarga bardosh beradigan to‘g‘on qurilgan. Shu bilan birga, ekspert Rossiyada hozirda toshqinlar tez-tez uchraydigan bir necha mintaqalar mavjudligini ta’kidlab o‘tgan. «Bizda Rossiyada toshqinlar doimiy ravishda takrorlanib turadigan ikkita shunday hudud mavjud. Bular Shimoliy Kavkaz va Uzoq Sharqdir. Rossiyaning janubida va Kavkazda dengiz ko‘p yog‘ingarchiliklarni keltirib chiqaradi hamda bu omilga tog‘larning joylashishi ham ta’sir qiladi. Uzoq Sharqda esa musson yomg‘irlarining siljishi kuzatilmoqda», — degan iqlimshunos.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring