Rossiyada yosh yigit «voyenkom»ni otib tashladi

Irkutsk viloyati Ust-Ilimsk harbiy komissarligida otishma sodir bo‘lgan, natijada harbiy komissar yaralangan, uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Otishma sodir etgan shaxs qo‘lga olingan.

«Harbiy komissar Aleksandr Yeliseyev reanimatsiyada, og‘ir ahvolda. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda. Otishma sodir etgan shaxs darhol qo‘lga olindi!» – dedi Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev.

«Biz hamjihat bo‘lishimiz kerak bo‘lgan bir paytda shunday voqea bo‘layotganidan uyalaman. Biz bir-birimiz bilan emas, balki haqiqiy tahdidlarga qarshi kurashishimiz kerak. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdim», — deya qo‘shimcha qilgan gubernator.

Реклама на Unews

Avvalroq Rossiyada harbiy komissarlik va hokimiyat binolariga o‘t qo‘yilayotgani xabar qilingandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring