Rossiyada yonib ketgan uyda o`zbeklar ham bo`lgan

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil 7 noyabr kuni Samara viloyati, Samara shahri, Promishlennosti ko`chasi 33-uy manzilida joylashgan shaxsiy uy yonib ketga .

Bu haqda xabar bergan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, yong`in natijasida 5 nafar odam jarohat olgan, 4 kishi vafot etgan. Jarohatlanganlardan biri O`zbekiston fuqarosi A.X. N.I.Pirogov nomli 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Tashxis – is gazidan zaharlanish, boshning yumshoq to`qimalari lat eyishi.

Ma`lum qilinishicha hozirda vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda.

Реклама на Unews

Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari tergov harakatlarini olib bormoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda vakolatli organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring