Rossiyada TikTok ijtimoiy tarmog‘i analogi uchun milliard rubl ajratildi
3059 11-06-2020 0 DunyoRossiyaning "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i iyun oyining boshida boshlangan "Kliplar" vertikal qisqa video xizmati uchun 1 milliard rubl ($14,6 mln.) sarmoya kiritmoqda. Uning interfeysi funksional jihatdan TikTok xizmatiga o‘xshaydi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.
Kompaniya vakillari pulni sheriklar bilan birgalikda noyob (unikal) tarkibni ishlab chiqarishga, shuningdek mualliflar uchun pul ishlash dasturiga sarflashni rejalashtirgan.
Tez orada "Kliplar" mobil dasturning so‘nggi versiyasi barcha foydalanuvchilariga taqdim etiladi.
Реклама на Unews
Hozirda "VKontakte" video-kontent mualliflari, kinostudiyalar, ishlab chiqarish va telekanallar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ularning nomlari hozircha oshkor etilmagan. Ijtimoiy tarmoq ishlab chiqaruvchilar bilan eksklyuziv shartnomalar tuzishni rejalashtirmoqda va olingan videolar faqat "Kliplar" da ko‘rsatiladi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.