Rossiyada Putin siyosatidan norozilar ko‘paymoqda — so‘rovnoma

«Levada-sentr» markazi o‘tkazgan so‘rovning qatnashganlarning 60 foizi Rossiyada ishlar rejadagiday ketmoqda, deb hisoblaydi (taqqoslash uchun, avgust oyida bu ko‘rsatkich 67 foizni tashkil etgan).

Bir oy davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonch reytingi 83 foizdan 77 foizga tushib ketdi. Putindan norozilik reytingi, aksincha, 15 foizdan 21 foizga ko‘tarildi.

Agar Davlat Dumasiga saylovlar kelasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, «Yagona Rossiya» 36 foiz ovoz olgan bo‘lardi (yozga qaraganda reyting 4 foizga tushib ketgan).

So‘rov 22-28-sentyabr kunlari – Ukraina urushiga qisman safarbarlik boshlanganidan so‘ng darhol o‘tkazildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur voqeadan so‘ng, o‘n minglab rossiyaliklar mamlakatlar tark etishmoqda. 

«Levada-sentr Rossiyada «xorijiy agent» sifatida tan olingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring