Rossiyada migrantlarga soxta hujjatlar tayyorlab bergan guruh qo‘lga olindi

FXX va Ichki ishlar vazirligi Rossiyada migrantlarni noqonuniy qonuniylashtirish bilan shug‘ullangan guruhning 21 nafar a’zosini qo‘lga oldi.

Tergovga ko‘ra, huquqbuzarlar pul evaziga soxta hujjatlar tayyorlagan, shuningdek, soxta nikohlar va Rossiya fuqarolari bo‘lgan bolalarga nisbatan otalikni aniqlash hujjatlarini rasmiylashtirishga yordam bergan.
Tezkor xodimlar yashirin bosmaxona, tayyor hujjatlar, soxta shtamplar topishdi.
Jinoiy guruh, shuningdek, Markaziy, Shimoli-g‘arbiy va Volga federal okruglarining ZAGS idoralari orqali ishlagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring