Rossiyada maymun chechagiga qarshi vaksina ishlab chiqildi

Rossiyaning Federal tibbiy-biologik agentligi (FMBA) maymun chechagi infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Ayni paytda yangi preparat klinik sinovdan o`tkazilmoqda. Bu haqda mamlakatimiz SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Agentlik rahbari Veronika Skvorsovaning ma`lum qilishicha, dastlabki tadqiqotlar mazkur vaksina yuqori samaradorlik va immunogenlikka ega. Eng muhimi, u xavfsiz bo`lib, nojo`ya ta`sirlarni keltirib chiqarmaydi. 

Eslatib o`tamiz, hozirgi kunda mazkur virus shiddat bilan tarqalmoqda. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda maymun chechagi infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 52 ming nafardan oshgan. 

Kasallikdan AQSh va Evropa aholisi eng ko`p aziyat chekmoqda. Xususan, Qo`shma Shtatlar bu ro`yxatda peshqadam. Mamlakatda maymun chechagini yuqtirganlar soni qariyb 19,3 ming nafarni tashkil etyapti.  

Keyingi o`rinda 6,6 mingta holat bilan Ispaniya bormoqda. Shuningdek, Braziliyada 5,1 ming, Fransiyada 3,6 ming, Germaniyada 3,4 ming va Buyuk Britaniyada 3,2 ming nafar kishiga mazkur xastalik tashxisi qo`yilgan.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring