Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan og‘irroq bo‘ladi

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar soni kundan-kunga ortib boryapti. Mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani aytilmoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteyn Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yanada og‘irroq bo‘lishini ta’kidladi. 

"Bizda bahorgi rekordlar yangilanyapti. Bir kunda 11 mingdan ortiq kasallik yuqtirish bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda. O‘ylashimizcha, navbatdagi to‘lqin birinchisidan ham qattiqroq bo‘ladi. Lekin biz tayyormiz. Endi bu masalada yaxshiroq kurasha olamiz. Ayniqsa, bizda vaksina tayyor bo‘lgan", deydi u. 

Реклама на Unews

Virusologning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus bilan kasallanishning ko‘payishi kuz fasli bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, 4 oktyabr kuni Rossiyada koronavirus aniqlanganlar soni 10 888 taga yetib, bu joriy yilning 12 mayidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi aytilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus aniqlanganlarning umumiy soni 1 million 231 mingdan oshib ketgan. 21 mingdan ortiq kishi vafot etgan. 

Реклама на Unews

Dunyoda bu ko‘rsatkich 36 millionga yaqinlashmoqda. 1 milliondan ko‘p kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgani qayd etilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring