Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 380 ming kishiga yaqinlashdi

Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 8 371 ta holat qayd etildi. Bir kun avval kasallanganlar soni 8 338 kishiga oshgandi. Bu haqida "Zamin.uz"  nashri xabar bermoqda.
 
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 379 051 kishi koronavirusga chalingan.

Kasallanganlarning 8 785 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 150 993 nafarga yetgan.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 174 nafari, umumiy hisobda esa 4 142 nafari virus qurboni bo‘lgan. 27 may kuni 161 kishi, 26 may kuni 174 kishi, 25 may kuni 92 kishi koronavirusdan vafot etgandi.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 9,7 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring