Rossiyada ishlash istagida bo`lganlar diqqatiga muhim yangilik aytildi

Joriy yilning 9 avgust kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiya Federasiyasining «KAMAZ» aksiyadorlik jamiyati vakillari ushbu davlatda ishlash istagida bo`lgan fuqarolarni tanlov asosida ishga jalb qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Ma`lum bo`lishicha, tanlov hali ham davom etamoqda va Rossiya Federasiyasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari so`ralmoqda.

Bo`sh ish o`rinlari:

Реклама на Unews

  • Chilangar (slesar mexanosborochnx rabot);
  • Shtamplovchi (shtampovshik);
  • Yuk tashuvchi (transportirovshik).

Tanlov o`tkaziladigan hududlar:

12 avgust kuni

  • Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko`chasi 44-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. (Mo`ljal: Jizzax "O`rda bog`i" yonida, Bouling ro`parasida). Murojaat uchun: (72) 223-81-59.
  • Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Qumariq shoh ko`chasi 1-uy. Murojaat uchun: (55) 900-33-10.

13 avgust kuni

Реклама на Unews

  • Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Xondamir ko`chasi, 49-uy. (Monomarkaz binosi) Murojaat uchun: (67) 225-55-59.
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko`chasi, 34-uy (Yapon markazi binosi). Murojaat uchun: (71) 236-30-40.
    Shuningdek, 13 avgust kuni soat 14:00 da Agentlikning Nukus, Xorazm, Navoiy va Buxoro mintaqaviy filiallarida onlayn tartibda tanlovlar o`tkazish rejalashtirilgan.

Qo`shimcha ma`lumot uchun: 

(71) 202-33-55 (ichki raqamlar 77, 88).

Qisqa raqam 1282.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring