Rossiya yana bir koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus vaksinasining (liyofilizat) quruq shaklini ro‘yxatdan o‘tkazdi, bu kukundan mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlanadi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Vaksina Milliy Epidemiologiya va Mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, dori yozda Sechenov Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida sinovdan o‘tkazilgan. Klinik tadqiqotlar natijalari dori xavfsizligi va samaradorligini ko‘rsatdi.

Реклама на Unews

Avvalroq, 25 avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya markaziga koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatga olishdan keyingi klinik sinovni o‘tkazishga ruxsat berdi. U 3 sentyabr kuni Moskva klinikalariga keltiriladi, ro‘yxatga olinganidan keyin testlar 4-5 sentyabr kunlari boshlanadi.

O‘tgan hafta Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg, Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani tadqiq qilishning uchinchi bosqichini ommaviy emlash bilan taqqosladi, chunki unda o‘n minglab odamlar ishtirok etadi.

11 avgust kuni Rossiya "Sputnik V" nomi ostida dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatga oldi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring