Rossiya Ukrainaga bosqinchiligidan qancha mablag` yo`qotgani ma`lum qilindi

Ukrainaga qarshi to`qqiz oylik keng ko`lamli urushda Rossiya 82 milliard dollar sarfladi. Bu esa yillik byudjetining chorak qismidir. Bu haqda "Zamon.uz" "Forbes" nashri xabariga tayanib ma`lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, bu smeta harbiy amaliyotlarni qo`llab-quvvatlash uchun zarur bo`lgan bevosita xarajatlarni o`z ichiga oladi. Ammo u mudofaa xarajatlari yoki iqtisodiy yo`qotishlarni o`z ichiga olmaydi.

2021 yilda Rossiya byudjetining barcha daromadlari 340 milliard dollarni tashkil etdi. Ya`ni, mamlakat allaqachon o`tgan yilgi daromadlarning chorak qismini harbiy amaliyotlarga sarflagan. Rossiya Federasiyasi federal byudjetining neft va gaz eksportidan tushadigan daromadlari pasayib bormoqda. Mamlakat Evropa gaz bozorining katta qismini yo`qotdi.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, kuzda Rossiya Federasiyasi uchun urush xarajatlari ikki baravar oshdi. Endi urush oyiga kamida 10 milliard dollar talab qiladi.

 

Xarajatlarning eng katta moddalari armiyani ta`minlash (28,7 milliard), texnika (20,8 milliard) va harbiylarning maoshlari (15,6 milliard).

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring