Rossiya Qurolli Kuchlari maqsadlar to`liq amalga oshmaguncha maxsus harbiy operasiyani davom ettiradi — Shoygu

Rossiya armiyasi o`z maqsadlariga erishgunga qadar Ukrainada maxsus harbiy operasiyani davom ettiradi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu ma`lum qilgan. 

 

“Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari guruhi belgilangan maqsadlarga erishilgunga qadar maxsus harbiy operasiyani davom ettiradi”, deydi Shoygu bugun, 1 mart kuni bo`lib o`tgan konferensiya chog`ida.

Uning qayd etishicha, Rossiyani G`arbning harbiy tahdididan himoya qilish Ukrainadagi maxsus operasiyaning asosiy vazifasidir, deydi Mudofaa vazirligi rahbari. 

Реклама на Unews

“Biz uchun asosiysi Ukraina xalqidan mamlakatimizga qarshi kurashda foydalanishga urinayotgan G`arb davlatlari tomonidan Rossiya Federasiyasini harbiy tahdiddan himoya qilishdir”, deydi u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring