Rossiya Qozog‘iston yerlariga da’vogarmi?

Qozog‘istonning yetakchi nur.kz nashri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Qozog‘istonning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga da’volari yo‘qligini xabar qilmoqda.

Gap shundaki, Rossiyada Qozog‘iston bo‘yicha tobora ko‘proq yuqori lavozimli amaldorlar va deputatlar Qozog‘istonning hududiy yaxlitligiga da’vo qilmoqda. Masalan, Rossiya Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonov 2020 yil dekabrida "Qozog‘iston hududi Rossiyaning sovg‘asi" degan bo‘lsa, yana bir Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fedorov SSSR qulaganidan keyin u Qozog‘iston yerlarini "Rossiya va SSSRdan sovg‘a" shaklida olganligini aytgan.

Bu bayonotlar Qozog‘iston tomonini juda tashvishga solgan.

Реклама на Unews

Lavrov "Xabar" agentligi boshqaruv kengashi raisi Yerlan Bekxojin bilan suhbatda, bu Rossiya siyosatining umumiy vektorini aniqlamaydigan siyosatchilarning shaxsiy fikri va ularning bayonotlari diqqatni jalb qilish uchun qilingan harakat, degan so‘zlarni aytdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: “Biz ittifoqchilik munosabatlarini davlatlar rahbarlari tomonidan kelishilgan va imzolangan, parlamentlar tomonidan tasdiqlangan va qonunlashtirilgan, xalqaro huquqning bir qismi bo‘lgan hujjatlar asosida rivojlantiramiz. Biz bir-birimizning suverenitetini, hududiy yaxlitligini va siyosiy mustaqilligini to‘liq hurmat qilamiz”, — dedi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring