Rossiya pasportlar tortib olingan o`zbekistonliklarning 400 nafari qurilish ob`ektlarida ish boshlagan

Rossiya Federasiyasining  “ANTEK” kompaniyasiga ishga jalb qilingan fuqarolar haqida ijtimoiy tarmoqlarda  turli xabarlar tarqalgandan so`ng  holat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bayonot bergan edi. 

Agentliuning qo`shimcha bayonot berishicha, ishchi guruh o`zbekistonlik mehnat migrantlari yashash va ish sharoitlarini o`rganish maqsadida Rossiya Federasiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasi va O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi mas`ul xodimlari bilan birgalikda “ANTEK” kompaniyasiga ishga jalb qilingan fuqarolar va ish beruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashgan.

O`rganishlar natijasida ma`lum bo`lishicha, qurilish kompaniyasi tomonidan pandemiya davrida O`zbekiston fuqarolari individual tarzda ishga jalb qilingan. Hozirgi paytda ishga jalb qilingan barcha o`zbekistonlik mehnat migrantlariga fuqarolik pasportlari qaytarib berilgan. Ulardan 400 nafari qurilish ob`ektlarida ish boshlagan.

Реклама на Unews

Rossiya Federasiyasi iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo`yicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) tomonidan o`tkazilgan tekshirishlar natijasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli 80 nafar fuqaro ayni kunlarda karantin hududida bo`lib turibdi va joriy yilning 28 aprel kunidan qurilish ob`ektlarida ish boshlashi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarga Rossiya Federasiyasi hududida ishlash uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolar bo`lmasligi, ularning ishlash va yashash sharoitlari doimiy nazoratga olinishi, mehnat migrantlarini moddiy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida ma`lumotlar berilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring