Rossiya oʻrmonida tugʻilib, katta boʻlayotgan "Maugli" laqabli oʻzbek bola topildi

Rossiyada bir necha oydan buyon oʻrmondan otasi bilan yashayotgan bola topilgan. Bu haqda Oʻz A  «Life» tayanib maʼlum qildi.

Bolakayning otasi oʻzbek ekanligi aniqlangan. Xabarga koʻra, bola otasi bilan oʻrmondagi tuman vasiylik va ichki ishlar boʻlimlariga biriktirilgan uysizlar lagerida yashaydi. Shuningdek, bolaning otasi Oʻzbekiston fuqarosi ekanligi aniqlangan. 

Qayd etilishicha, Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bola va uning otasining shaxsini aniqlashda hamda Oʻzbekistonga qaytish uchun guvohnoma berishda yordam bergan. 

Реклама на Unews

Sakkiz yoshda deb taxmin qilinayotgan bola bolalar maydonchasida tengdoshlari bilan oʻynash maqsadida borgan vaqtida koʻringan. Aniqlanishicha, bola uysizlar yonidagi oʻrmon kulbasida yashaydi. Ular bolani kichkina Maugli deb atashadi. Taʼkidlanishicha, bola uysizlar lagerida tugʻilib, oʻsha yerda oʻsmoqda. Uning otasi Oʻzbekistonda tugʻilgan, onasi esa ukrainalik, yaqinda yurak xastaligidan vafot etgan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring