Rossiya kuchlari mudofaaga qaytmoqda – Britaniya razvedkasi

Rossiyaning Baxmutga hujumi deyarli to‘xtab qoldi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining harbiy razvedkasiga ko‘ra, bu Rossiya harbiy kuchlarining haddan tashqari charchaganidan dalolat beradi. Idoraning kundalik razvedka hisobotlaridan keltirishicha, Ukraina ham shaharni mudofaa qilish paytida katta yo‘qotishlarga uchragan.

«Moskva uchun vaziyat Rossiya Mudofaa vazirligi va «vagner»chilar o‘rtasidagi taranglik tufayli yanada og‘irlashmoqda.

Реклама на Unews

Rossiya o‘z e’tiborini Donbassdagi boshqa shaharlarga – Avdeyevkaga (Baxmut janubida) va Kremennaya va Svatovo sektorlariga (shimolga) qaratyapti», – deyiladi hisobotda.

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus harbiylari bu hududlarda front chizig‘ini barqarorlashtirishga harakat qilmoqda.

«Bularning barchasi shu yilning yanvar oyidan boshlab hujumni boshlashga bo‘lgan zaif urinishlarning mudofaa sxemasiga qaytishiga o‘xshaydi», – deyiladi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining harbiy razvedkasi hisobotida.

Реклама на Unews

Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Entoni Radakin bilan telefon orqali suhbatda Baxmut yo‘nalishida vaziyat eng qiyin bo‘lib qolayotganini, biroq ukrainalik harbiylarning sa’y-harakatlari tufayli vaziyatni barqarorlashtirish mumkinligini aytgan edi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham joriy haftada Baxmut yaqinidagi harbiylar bilan ko‘rishgan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring