Rossiya bir milliard doza koronavirus vaksinasi uchun arizalar qabul qildi

Rossiyada COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olindi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Allaqachon 20 ta mamlakatdan 1 milliard doza vaksina sotib olish uchun arizalar kelib tushdi.

“Rossiyada aholini ommaviy emlash oktyabr oyida boshlanishi mumkin”, deb xabar bermoqda "MIR 24" telekanalining muxbiri Dmitriy Zabrudskiy.

Реклама на Unews

Vaksina ustida mamlakatning 17 ilmiy institutlaridan o‘nlab eng yaxshi harbiy virusologlar va biokimyogarlik ishlashdi. Koronavirus vaksinasi uchun platforma vazifasini Ebola virusiga qarshi dori bajardi.

Ikki guruh ko‘ngillilarda olib borilgan 42 kunlik klinik tadqiqotlar barcha qatnashganlarda virusga qarshi immunitet shakllanganligini ko‘rsatdi. Yangi dori ta’sirini sinab ko‘rganlar orasida erkaklar va ayollar, harbiy va oddiy fuqarolar ham bor edi.

Tajriba uchun ular to‘liq izolyasiyada bir oydan ko‘proq vaqt o‘tkazishdi. Vladimir Putinning qizi ham vaksinaning samaradorligini o‘zida sinab ko‘rdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring