Ronalduga o‘zbekistonlik tadbirkor asos solgan mashhur brend soat sovg‘a qilindi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu qimmatbaho sovg‘ani qabul qilib oldi. Unga quyidagi rasmda aks etgan ajoyib soatni "Jacob & Co" brendi topshirgan.

"The Sun" nashrining xabar berishicha, soatning narxi 630 ming funt sterlingga teng, ya’ni 780 ming dollar. U yashil rangda bo‘lib, Krishtianuning Saudiyaga ko‘chib o‘tgani munosabati bilan shu rangda ishlab chiqarilgan.

Soat 18 karatli oq oltin va 388 ta qimmatbaho toshdan iborat bo‘lib, faqat futbolchi uchun bir nusxada yasalgan.

Ma’lumot o‘rnida, "Jacob & Co" brendi asoschisi o‘zbekistonlik Jeykob Arabo (asl ism-familiyasi Yoqub Arabov) hisoblanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring