Ronaldu yangi rekord o‘rnatganidan so‘ng Pele o‘z Instagramida gollari sonini ko‘paytirib qo‘ydi

Pelening Instagram’dagi rasmiy sahifasida yozilgan tavsif o‘zgardi. Endilikda profilda hujumchi barcha vaqtlarning eng yaxshi to‘purari ekanligi ko‘rsatilib, u faoliyatida 1283 ta gol urgani qayd etilgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.
Eng qizig‘i, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi rekord o‘rnatgani aniqlangandan so‘ng profil tavsifi o‘zgardi",- deya xabar tarqatmoqda UzReport news.
4 yanvar kuni Ronaldu A seriyaning "Udineze" ga qarshi o‘yinida o‘zining 758-golini urdi. Faoliyatidagi gollar soni bo‘yicha portugaliyalik rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 757 ta gol urgan Peledan o‘tib ketdi.
Endi Pelening Instagram’ida u ko‘proq gol urgani haqida yozilgan. Xuddi shunday voqea avvalroq "Barselona" sardori Lionel Messining rekordidan keyin sodir bo‘lganligi qiziq. 
U "Barselona" safida 644 ta gol urdi va Pelening bir klub uchun gol urish bo‘yicha rekordini yangiladi. Shundan keyin "Santos" Pele klub uchun 1091 ta gol urganini e’lon qilgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring