Ronaldu futbol tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylandi

Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollari sonini 760 taga yetkazdi va bu borada rekord o‘rnatdi.

«Yuventus» futbol klubi xujumchisi va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda kiritilgan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

«Napoli» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u o‘z faoliyatidagi 760-golini kiritdi va 1950-yillarda to‘p surgan futbolchi Yozef Bitsanning rekordini yangiladi.

Ronaldu faoliyati davomida «Sporting» klubida 5 gol, «Manchester Yunayted»da 118 gol, «Real» safida 450 gol va «Yuventus» safida 85 gol urgan. Shuningdek Portugaliya terma jamoasi safida uning hisobida 102 ta gol bor.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu Pelening rekordini yangilagani haqida xabar bergan edik.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring