Ronaldoda koronavirus aniqlangani sabab UFC 249 musobaqasi bekor qilinadimi? UFC bayonot berdi...

UFC rahbariyati Ronaldo Souzada koronavirus infeksiyasi aniqlangani UFC 249 musobaqasining o‘tkazilishiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.

«Souza va Holl ishtirokidagi bellashuv bekor qilinadi. Souza va uning jamoasidagi ikki kishida virus aniqlangan. Ularda koronavirus alomatilari yo‘q. UFC tibbiy qo‘mitasi ularning sog‘lig‘ini nazoratga oladi va davolanish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarni taqdim etadi.

Souzadan boshqa hech qaysi jangchida koronavirus aniqlanmagan. UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tadi», — deyiladi bayonotda.

Реклама на Unews

UFC 249 musobaqasi Toshkent vaqtida bilan 10 may kuni tongi soat 05:00 da start oladi. Jeksonvill (Florida shtati, AQSH) shahridagi kechaning asosiy jangi Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Musobaqa tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring