Romitanda zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.H. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro shahri, “Alpomish” ko‘chasidagi 1 gektar zaxiradagi yer maydonini olib berish va keyinchalik ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 40 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring