BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

«Roma» ishtirokidagi o‘yindan keyingi janjal bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Yevropa konferensiyalar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida «Bude-Glimt» va «Roma» o‘rtasidagi bahs (2:1) natijalari bo‘yicha UYeFA tekshiruvni boshlagan.

Gap shundaki, o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xetil Knutsen va italyan jamoasi darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi Nunu Santosh o‘rtasida nizo kelib chiqqan.

Italyan OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, Knutsen «Roma» murabbiyiga hujum qilgan. Lekin Norvegiya klubi buni inkor etgan va barcha aybni Santoshga to‘nkagan.

Ayni paytda UYeFA voqeani o‘rganishga axloq va intizom bo‘yicha inspektorni tayinlagan.

Ushbu o‘yinda Eldor Shomurodov 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va jamoasiga mag‘lubiyatdan qutulishga yordam bera olmagan.

«Dramatik kecha»: Madrid va Myunxen «portladi» Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob uchrashuvlari dramatik tarzda kechdi. Safarda «Chelsi»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan «Real» o‘z maydonida ketma-ket uchta to‘p o‘tkazib yuborib, juda qiyin vaziyatga tushib qoldi. London klubi Maunt, Ryudiger va Vernerning gollari evaziga kambek qilib ketishga juda yaqin edi. Ammo yosh Rodrigo madridliklar uchun xaloskor vazifasini bajarib, so‘nggi daqiqalarda gol urdi va jamoasini qo‘shimcha bo‘limlarga olib chiqdi. 96-daqiqada esa Benzema g‘alaba golini urdi.  Navbatdagi drama Myunxenda davom etdi. O‘z maydonida minimal hisobda g‘alaba qozongan «Vilyarreal» safarda ham dahshatli raqibiga qarshi turib bera oldi va durangga erishib, o‘z tarixida ikkinchi bor Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.  YeChL. 1/4 final. 12 aprelJavob o‘yinlari Real — Chelsi 2:3Gollar: Rodrigo (80), Benzema (96) — Maunt (15), Ryudiger (51), Verner (75).Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Nacho (Vaskes, 88), Mendi (Marselo, 78), Modrich, Kroos (Kamavinga, 73), Kazemiro (Rodrigo, 78), Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Sebalos, 115). Chelsi – Mendi, Tiago Silva, Ryudiger, Jeyms, Alonso, Loftus-Chik (Saul, 105), Kovachich (Jorjino, 105), Kante (Ziyosh, 100), Maunt, Haverts, Verner (Pulishich, 83).Ogohlantirishlar: Jeyms (10), Benzema (37), Valverde (68), Kamavinga (90+1), Ziyosh (102), Haverts (109), Aspilikueta (113), Karvaxal (118).Birinchi o‘yin — 3:1. Bavariya — Vilyarreal 1:1Gollar: Levandovski (52) — Chukvueze (88).Bavariya – Noyer, Ernandes (Devis, 87), Upamekano, Pavar, Goretska, Kimmix, Musiala (Gnabri, 82), Myuller (Shupo-Moting, 90), Levandovski, Koman, Sane. Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Chukvueze, 84), Kapu, Parexo (Ore, 90+3), Xerar Moreno, Danjuma (Pedrasa, 84).Ogohlantirishlar: Levandovski (33), Foyt (59), Lo Chelso (90+1).Birinchi o‘yin — 0:1. Endi «Real» final yo‘llanmasi uchun «Atletiko» — «Manchester Siti» juftligi g‘olibi bilan, Emeri jamoasi «Liverpul» — «Benfika» juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring