Restoran, kafe, umumiy ovqatlanish shoxobchalari ishlashiga ruxsat berildimi?

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga muvofiq 2020 yilning 5 iyunidan boshlab “sariq” hududlardagi mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haquda "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

2020 yil 15 iyunidan boshlab esa “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

Реклама на Unews

  • banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
  • stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
  • bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalanishi zarur.

    Undan tashqari, karantin sharoitida umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring