Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Tulyaganov Davron Baxtiyarovich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar qildi. 

Tibbiyot fanlari doktori Davron Tulyaganov ko`p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016-2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo`lgan.

Birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo`limlari, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviasiya xizmati va favqulotda vaziyatlarda aholini tibbiy ta`minlash tezkor brigadalari kiradi.  

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring