Rekord! 7 soat ichida aniqlangan 141 bemorning 72 nafari poytaxt aholisi orasidan chiqdi

2020 yil 6 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 (+141) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg`ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog`aygan.  

Реклама на Unews

‼️Hozirda mamlakatimizda 3664 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring