"Real"ning yana 2 futbolchisi koronavirusga chalindi

Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba va yarim himoyachi Isko koronavirusga chalindi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Ikkala futbolchi ham o‘zini izolyasiya qilishgan va "Atletik"ka qarshi Ispaniya chempionatining 19-tur uchrashuvini (22 dekabr) o‘tkazib yuborishadi. Avvalroq, Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio, hujumchilar Garet Beyl va Rodrigo Goyes, shuningdek, darvozabon Andrey Lunin ham koronavirusga chalingan edi.

Joriy mavsumda 29 yoshli Alaba barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli Isko esa yetti uchrashuvda bitta gol muallifi bo‘ldi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring