«Real» – Ispaniya chempioni bo‘ldi va sovrinlar soni bo‘yicha «Barsa»ga yetib oldi (video)

La Liga joriy mavsumi tugashiga bir tur qolganida g‘olib nomi aniq bo‘ldi. O‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilgan «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri. 

Ushbu natija klub tarixidagi 91-sovrin va «Real»ning 34-chempionligi bo‘ldi. Zidan vaqtida esa klub ikkinchi marta Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, endilikda «Real» qo‘lga kiritilgan sovrinlar bo‘yicha «Barselona»ga yetib oldi. «Real» shu vaqtgacha 34 marta La Ligada, 19 marta Ispaniya qirol kubogida, 11 marta Ispaniya superkubogida va 1 marta Liga kubogida g‘olib bo‘lgan. Xalqaro sovrinlardan klub hisobida 13ta YeChL kubogi, 2ta UYeFA kubogi, 4ta UYeFA superkubogi, 3ta Qit’alararo kubok va 4ta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bosh sovrini bor.

Реклама на Unews

O‘z navbatida «Barselona» klub tarixida 26 marta La Ligada, 30 marta Ispaniya qirol kubogida, 13 marta Ispaniya superkubogida va 2 marta liga kubogida g‘olib bo‘lgan. Kataloniyaliklar xalqaro maydonda 5ta YeChL kubogi, 5ta UYeFA kubogi, 3ta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi, 3ta Yarmarka kubogi va 4ta Kubok egalari kubogini yutgan.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan «Real» bilan 16-sovrinini qo‘lga kiritdi. Ularning 11tasi murabbiylik vaqtida, 5tasi futbolchilik davrida qo‘lga kiritilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring