Rasul Kusherbayev izoh berdi: "Bo‘layotgan ishlardan qattiq xafaman"

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘liq xabarlar va videomaterial muallifining murojaatlari yuzasidan quyidagilarni bildirib o‘tmoqchiman,  deb yozmoqda  " Aniq.uz " nashri.
 
Yangiyo‘llik tadbirkor videoda bayon etgan holatlar, yer uchastkasi bilan bog‘liq vaziyat va boshqa ishlar bo‘yicha ayrim prokuratura mas’ullarining menga ayblov uyushtirish, majburan ko‘rsatma olishga urinishlari haqida fuqarolar tomonidan menga ham murojaatlar bo‘lgan va ularni imkon darajasida o‘rganganman.
 
Ushbu holatlar bo‘yicha huquqiy baxo berish, deputat faoliyati, o‘zi va oilasi daxlsizligi bilan bog‘liq kafolatlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli yuqori idoralarga murojaat qilganman.
 
Umid qilamanki, barcha holatlar hech qanday ta’sirlarsiz xolis o‘rganilib, huquqiy baxo beriladi, deputat daxlsizligi, sha’ni va ishchanlik obro‘si ta’minlanadi.
 
Eslatma uchun deputatning odamlarga, tadbirkorlarga huquqiy ko‘mak berishi, muloqot qilishi, do‘stlarga ega bo‘lishi, xalq dardini eshitib har qanday vaziyatda ham fuqarolarning yonini olishga urinishi qonunbuzarlik bo‘lishi mumkinmas. Bu faqat ayrim nopok shaxslarning dunyoqarashi xolos.
 
Bo‘layotgan ishlardan qattiq xafaman.
 
Barchaga e’tibor va ma’naviy qo‘llov uchun rahmat!

Rasul Kusherbayev

⚡️⚡️⚡️ Xitoy Amerikaga qarshi urushga tayyorlanmoqda(mi?)

Реклама на Unews

Infografika: O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan va tuzalganlar soni qanday o’zgaryapti

Nurmat Otabekov juda muhim ma'lumotni e'lon qildi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring