Rasman: Zidan “Real”dan ketdi

Ispaniyaning “Real” futbol klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Real” klubi Zidanning ushbu qarorini hurmat qilishini ta’kidlagan va yillar davomidagi fidokorona mehnati uchun unga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinedin Zidan ushbu mavsum oxirida o‘z lavozimidan ketmoqchiligi xabar qilingandi. Keyin esa, klub rahbariyati Zidan mavsum oxirida murabbiylikdan ketgan taqdirda uning o‘rniga qo‘yish uchun jamoaga italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti nomzodini ko‘rib chiayotgani ma’lum bo‘ldi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan ilk bor 2016 yilning 4 yanvarida, Rafayel Benites o‘rniga “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangan. Keyin esa, 2018 yil 31 mayda "qaymoqranglilar" chempionlik unvonini himoya qila olmaganliklari uchun, Zidan matbuot anjumani o‘tkazib, unda “Real” bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qilgan. Oradan  bir yil o‘tgach esa 2019 yil 11 mart kuni Madrid klubi saytida Zidan yana klub bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Zidan boshchiligida "Real" Ispaniya milliy chempionatida 2-o‘rinni egalladi. Chempionlar ligasnining yarim finalida esa "Chelsi"ga mag‘lub bo‘ldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring