BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Rasman! “Sevimli” telekanalida “Sabriya” seriali bo`yicha jiddiy choralar ko`rildi

Bugun, 20 yanvar kuni “Sevimli” telekanali ta`sischilarining umumiy yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov taklif qilindi.

Yig`ilishda tashkiliy masalalar ko`rib chiqildi. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida F.Abduxoliqov saylandi.

Ta`sischilarning qarori bilan Bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo`jaev va bosh muharrir Q.Saydaliev o`z vazifasidan ozod etildi.

Yig`ilishda shu paytga qadar O`zEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan J.Safoev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi.

Yig`ilishda so`zga chiqqan, F.Abuxoliqov, kanal efiriga uzatilgan “Sabriya” serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib, “biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr so`raymiz va kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor, nafaqat seriallar, qolaversa barcha media mahsulotlarning g`oyaviy-badiiy jihatlariga mas`ul ekanligini uqtirgan holda, barcha chora- tadbirlarni ishlab chiqishi zarur”, -deb ta`kidladi kuzatuv kengashi rahbari.

Eslatib o`tamiz, sal avval milliy seriallar bo`yicha Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov munosabati e`lon qilingan edi. 

Endi ayrim OTMlarga o`qishga kirishda chet tili fanidan ijodiy imtihon o`tkaziladi “Xorijiy tillarni o`rganishni takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.  Qarorga ko`ra,Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamg`armasiga bir martalik 15 mlrd so`m miqdorida mablag` ajratiladi. 2022 yil 1 martdan chet tili fani o`qituvchilarining tinglab tushunish, o`qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo`lishga yo`naltirilgan o`quv kurslari tashkil etiladi. 2022/2023 o`quv yilidan maktablar uchun zamonaviy til o`rgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi. Shuningdek, 2022/2023 o`quv yili qabulidan xorijiy tillar bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o`qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkazish yo`lga qo`yiladi. Jumladan: fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga: O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti; Samarqand davlat chet tillar instituti; Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo`yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga: Toshkent davlat pedagogika universiteti; Qo`qon davlat pedagogika instituti; Nukus davlat pedagogika instituti. Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. 2024/2025 o`quv yilidan OTMga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich kiritiladi. 2022 yil 1 sentyabrdan maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari chet tili fani o`qituvchilarining attestasiyasi jarayonio`quv fani bo`yicha malaka sinovlari Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 2022 yil 1 fevraldan 2024 yil 1 yanvargacha Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat ta`lim tashkilotlari: bino va inshootlar ijara to`lovi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi; vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarda faoliyatini amalga oshirganida ijara to`lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to`lovlar bo`yicha xarajatlar bundan mustasno). 2022 yil 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o`qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama to`lanadi.

Fikr qoldiring