Rasman: Serxio Ramos yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi

Ispaniyalik futbol yulduzi, “Real Madrid” afsonasi Serxio Ramos rasman Parijning PSJ klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi. Bu haqda mashhur jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ramos parijliklar bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan va yiliga 12 million yevro maosh oladi. Futbolchi Parijdan o‘ziga uy xarid qilgan va allaqachon oilasi bilan bu yerga ko‘chib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramos “Real” prezidenti Florentino Peres bilan kelishmovchiliklar oqibatida jamoada qolish taklifini rad etib, shartnomani uzaytirmagan edi. 

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, futbolchi “Real” safida 2005 yildan 2021 yilgacha to‘p surdi, bu vaqt oralig‘ida u 469 ta uchrashuvda maydonga tushib, 72 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, 2020 yilda u “France football” nashri tomonidan “Barcha davrlarning eng yaxshi himoyachisi” deb e’lon qilindi, shuningdek, u “Real” tarixidagi eng yaxshi sardor deya tan olingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring