Rasman! “Jenoa” kutilmagan transferni e’lon qildi
7055 24-01-2021 1 SportShomurodovning jamoadoshi ketdi...
Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Jenoa” klubi rasman jamoa yarim himoyachisi Stefano Sturaro “Verona” jamoasiga ko‘chib o‘tganini e’lon qildi.
27 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha “Verona”da ijara asosida to‘p tepadi. Veronaliklarda Sturaroni to‘liq transfer qilish huquqi ham bor.
Реклама на Unews
Stefano Sturaro 2018 yilning yozida “Yuventus”dan 16,5 million yevro evaziga Genuyaga olib kelingan edi. Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda A Seriyada oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.
yzida shu xato