Rasman: Isroil Madrimov Toshkentda Mishel Soroga qarshi jang o‘tkazadi

"Matchroom Boxing" kompaniyasi Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomini rasman e’lon qildi.

Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov kelib chiqishi Kot D’Ivuarlik bo‘lgan, Fransiya sharafini himoya qiluvchi Mishel Soroga qarshi jang o‘tkazadi. 

Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida 1, Isroil Madrimov esa 2-o‘rinni egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun rasmiy da’vogarga aylanadi. 

Реклама на Unews

Shou doirasida Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetov kabi bokschilarimiz ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring