RASMAN: iOS 14’gacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi!

22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan WWDC 2020 tadbiri doirasida iOS 14 operatsion tizim talqini namoyish etildi. Bundan tashqari, Apple korporatsiyasi ushbu proshivkani qabul qiluvchi qurilmalar ro‘yxatini ham e’lon qildi.  Bu xaqida Terabayt nashri xabar bermoqda

Unga ko‘ra, o‘tgan yili iOS 13 talqinini o‘rnatib olgan barcha smartfonlar (va bitta musiqiy pleyer) uchun o‘n to‘rtinchi avlod operatsion tizim ham tarqatiladi.

Реклама на Unews

Shunday qilib, ularning ro‘yxati quyidagicha:

  1. iPhone SE (2020)
  2. iPhone 11
  3. iPhone 11 Pro
  4. iPhone 11 Pro Max
  5. iPhone XS
  6. iPhone XS Max
  7. iPhone XR
  8. iPhone X
  9. iPhone 8
  10. iPhone 8 Plus
  11. iPhone 7
  12. iPhone 7 Plus
  13. iPhone 6S
  14. iPhone 6S Plus
  15. iPhone SE
  16. iPod Touch ( 7 GEN)

Aytish kerakki, yakuniy versiyadagi iOS 14 relizi hali sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Yuqoridagi ro‘yxatga kirgan qurilmalar egalari esa keyingi oydanoq ochiq beta-testlarda uni o‘rnatib olib, ishlatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring