Rashid Holiqov «Bir kam dunyo» duetini bir o‘zi qayta kuylagani uchun Sevara Nazarxondan xafa bo‘lganini bildirdi (video)

 O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov «M-kokteyl» ko‘rsatuviga bergan intervyusida «Bir kam dunyo» duetini muallif ruxsatisiz, o‘zgartirib kuylagani uchun Sevara Nazarxondan xafa bo‘lganini aytib o‘tdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Xonanda bir necha yil avval suratga olingan rejissyor Madina Mo‘minovaning «Bir kam dunyo» seriali uchun saundtrek sifatida kuylangan ushbu qo‘shiq yaratilishi tarixini ham so‘zlab berdi.

«Sevaraxon bu qo‘shiqning qanday yaratilganini ham bilmaydi. Biz qo‘shiq muallifi Shuhrat Zokirov bilan kechalari o‘tirib, ayrim joylarini o‘zgartirib, mehnat qilganmiz. Bu qo‘shiq yillar davomida sevimli bo‘lib qoladigan qo‘shiq bo‘lib qoldi. Hatto u o‘zbek tilini bilmaydigan chet elliklarga ham yoqqan.

Sevara esa bu qo‘shiqni studiya yoziladigan kuni yoki undan bir kun avval eshitgan. Boshida qo‘shiqni bir o‘zim ijro etishim kerak edi. Biroq serial rejissyori Madina Mo‘minova qo‘shiqni Sevara Nazarxon bilan kuylashimizni taklif qildi. Shunday qilib ‘Bir kam dunyo’ duetga aylandi. Xalqqa juda manzur bo‘ldi bu qo‘shiq. Oradan yillar o‘tib Sevaraning konsertlarda, tadbirlarda bu qo‘shiqni bir o‘zi aytayotganini eshitdim.

Shuhrat bu qo‘shiqning muallifi, men esa prodyuser va buyurtmachiman, Sevara esa bu qo‘shiqni bir o‘zi kuylayapti. To‘g‘risini aytsam, bu holat meni biroz ranjitdi. Nimagaki, Shuhrat menga ‘Rashid aka, menga telefon qilib, shu qo‘shiqning muallifligini so‘rashdi’ dedi. Shuncha yildan beri men so‘ramaganman bu qo‘shiqning muallifligini
», — deydi Rashid Holiqov.

Ko‘rsatuvga bastakor Shuhrat Zokirov ham taklif etilgan hamda ushbu masala yuzasidan u ham fikr bildirgan.

«Yaqinda menga Sevara Nazarxon qo‘ng‘iroq qildi va shu qo‘shiqni aytmoqchiligini bildirdi. Lekin u menga katta loyiha qilib, Rashid Holiqovsiz bir o‘zi kuylab, televideniyega olib chiqmoqchi ekanligini aytmadi. U mendan mualliflik huquqini menga berasizmi, dedi. Men bu noto‘g‘ri bo‘lishini, chunki bu qo‘shiqning kuyini men yaratganimni aytdim. U mendan kuylasam bo‘ladimi, deb so‘radi. Men buzmagan holda aytilsa, mayli dedim. O‘shanda men bu yerda Rashid aka umuman yo‘qligini bilmagandim», — deydi «Bir kam dunyo» qo‘shig‘i muallifi, bastakor Shuhrat Zokirov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring