Raqibini dahshatli tarzda nokautga uchratgan jangchi mag‘lub bo‘ldi (VIDEO)

Amerikalik MMA jangchisi Shon Uest "Legacy Fighting Alliance" (LFA) musobaqasida diskvalifikasiya tufayli yutqazdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ikkinchi davrada braziliyalik Maykon Mendonkaga qarshi o‘yinda Uest raqibiga kuchli zarba yo‘llab, yiqitadi, keyin esa tizzasi bilan Maykonning boshiga zarba beradi va nokautga uchratadi. Biroq Maykon bu vaqtda tizzasiga tayanib, o‘rnidan turayotgandi va bu holatga zarba berish taqiqlangandi. Natijada Uest mag‘lub deb topildi va diskvalifikasiya qilindi.

Реклама на Unews

30 yoshli Shon uchun bu 11-mag‘lubiyat bo‘ldi. U bunga qadar 16 marta g‘alaba qozongan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring