"Raqamlar keskin ortmoqda". O`zbekistonda bir kunda koronavirusdan kasallanganlar soni 400 nafardan oshib ketdi

2021 yil 20 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106452 (+427) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 10 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 40 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 33 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 61 nafari Toshkent viloyatida,
  • 163 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Реклама на Unews

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 11 nafar,
  • Samarqand viloyatida 71 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 67 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent viloyatida 55 nafar,
  • Toshkent shahrida 234 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 102163 (+471) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3571 nafar bemor davolanmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring