Ramazondan so‘ng tutiladigan olti kunlik ro‘za qanday ro‘za va uning shartlari bormi?

Savol: Ramazon oyidan keyin ham olti kun ro‘za tutiladimi? Agar tutilsa, uning shartlari qanday bo‘ladi? 

Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Hijriy taqvim bo‘yicha Ramazon hayiti bayrami bilan boshlanadigan shavvol oyidamiz. Bu oyning fazilati haqida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Ramazon oyi ro‘zasini tutib, unga qo‘shimcha tarzda shavvol oyida olti kun ro‘za tutgan kishi yil bo‘yi ro‘zador bo‘lgan kabidir”.

Реклама на Unews

Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati.

Hadisi sharifda berilgan tavsiyaga har yili amal qilgan odam umr bo‘yi ro‘za tutganlik savobiga ega bo‘ladi. Ramazon ro‘zasidan keyin shavvolda olti kun ro‘za tutgan kishiga bir yil davomida ro‘za tutganlikning mukofoti berilishi, qilingan ibodat va toatlarning savobi o‘n misl qilib belgilanganligi uchundir. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda: “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)...” (An’om surasi, 160-oyat), deb marhamat qiladi.

Shunday bo‘lgach, o‘ttiz kun ramazon ro‘zasi 10 oy, ya’ni, 300 kun o‘rniga o‘tadi. Olti kunning o‘n barobari esa oltmish kun, ya’ni, ikki oy bo‘ladi. Demak, ularni qo‘shib hisoblaganda musulmon kishi butun yilni ro‘za tutish bilan o‘tkazgan bo‘ladi.

Реклама на Unews

Ramazondan keyin shavvolda tutiladigan ro‘zaning misoli farz namozlar ortidan o‘qilgan sunnat namozi kabidir. Ushbu sunnatlar farzdagi ehtimolli kamchiliklarni bartaraf qilish uchun bo‘lganidek, shavvol ro‘zasi ramazon ro‘zasida yo‘l qo‘yilgan ayrim xatoliklarning o‘rnini to‘ldirish uchundir. Yana bir tomoni, bu o‘z mohiyati bilan musulmon kishining ro‘zadan zerikmaganini ham ifoda etadi.

Shavvol oyida olti kun ro‘za tutish mustahab amal bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlari ro‘za tutib, boshqalarga ham shuni tavsiya qilganlar. Bu ro‘zani bayramdan keyin peshma-pesh tutishda fazilat bisyor, shu bilan birga, oyning boshqa kunlarida ado etish ham mumkin. Qazo bo‘lgan ro‘zalarni mazkur kunlarda tutish bilan ham ayni savobga erishiladi.

O`zbekistonda dollar kursi oshdi. Yangi kurs

Sukerberg ikki oyda 31,4 mlrd. dollar ishlab olib, bo‘lajak trillionerni ortda qoldirib ketdi

Chikagodagi o‘zbeklar Hayitni qanday nishonladi? (fotojamlanma)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring