Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandda kutib olindi
385 10-11-2022 0 O'zimizdaTurkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun rafiqasi Emine Erdo‘g‘on hamrohligida Samarqandga yetib keldi.
Mehmonlarni, odatdagidek, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi rasmiy shaxslar kutib oldilar.
Davlatimiz rahbari bugun Turkiya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.